Bugun, 3 yanvar kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev şu yilning 1 yanvaridan Şanxay hamkorlik taşkiloti boş kotibi lavozimini bajarişga kirişgan Vladimir Norovni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.
“Mamlakatimiz rahbari Özbekiston vakilining bunday yuksak va mas'uliyatli lavozim – ŞHT boş kotibi lavozimiga tasdiqlanişi tarixiy ahamiyatga ega voqea ekanligini ta'kidladi. Xalqaro taşkilotga ilk bor yurtimiz fuqarosi rahbarlik qilmoqda”, deyiladi xabarda.
Uçraşuv davomida Özbekiston prezidenti oçiq va konstruktiv muloqot maydoniga, köp tomonlama hamkorlikning ta'sirçan mexanizmi hamda Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va barqarorlikning muhim omiliga aylangan Şanxay hamkorlik taşkiloti faoliyatiga yuqori baho berdi.
Xorijiy davlatlar va xalqaro tuzilmalarning mazkur nufuzli taşkilot bilan hamkorlik munosabatlarini örnatişga bölgan qiziqişlari ösib borayotganligi ta'kidlandi.
Özbekiston prezidenti taşkilot doirasida işga solinmagan ulkan hamkorlik salohiyati mavjudligiga e'tibor qaratdi.
Xavfsizlikni ta'minlaş, savdo, iqtisodiyot, investitsiya, transport kommunikatsiyasi, turizm, qişloq xöjaligi va mintaqalararo hamkorlik kabilar kelgusida özaro hamkorlikni yanada rivojlantirişning ustuvor yönalişlari sifatida e'tirof etildi.
Uçraşuv yakunida Özbekiston rahbari Vladimir Norovga ŞHT boş kotibi lavozimidagi faoliyatida muvaffaqiyat tiladi.

















