Ba'zi birovlar özgalarni aldaş, pand beriş evaziga kun keçirişni yaxşi körişadi. “Qahramon”imiz Otamurod Şokirov (ism-familiyalar özgartirilgan) ham ana şundaylar sirasiga kiradi. 

“Huquq” gazetasining yozişiça, u qöşköpirlik fuqaro A.Adamova nomidan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida tuman hokimligi huzuridagi tadbirkorlik sub'yektlariga davlat xizmatlari körsatiş “Yagona darça” markaziga ariza bilan murojaat qilib, davlat reyestri kitobiga uning imzosini qalbakilaştirib qöyib, guvohnomani noqonuniy ravişda qölga kiritadi.

Keyin esa “Mikrokreditbank”ning Xorazm viloyat filialiga murojaat qiladi va A.Adamova nomiga yillik töqqiz foiz ustama bilan 59 mln. söm miqdorida kredit olişga muvaffaq böladi.

Uyiga soliq organi xodimlari kelib, soliqdan qarzlari borligini aytişganda, A.Adamova hayron bölib qoldi. Uning otasi masalaga oydinlik kiritiş maqsadida vaziyatni örgana boşladi. Bu oradan kredit masalasi ham qözğaldi. Çorasiz qolgan A.Adamova huquqni muhofaza qiluvçi organlarga holat yuzasidan tegişli çora körişlarini sörab murojaat qildi. Suriştiruv va dastlabki tergovda A.Adamovaga yetkazilgan moddiy zarar töliq qoplandi. O.Şokirov tegişli jazosini oldi.

Firibgarlik bilan boğliq yana bir jinoyat “Qöşköpir-tumangaz” filiali nazoratçisi M.Soliyev tomonidan sodir etilgan. U Şix mahallasida istiqomat qiluvçi A.Salimovga tabiiy gaz tölovlaridan 510 ming söm qarzi borligini aytib, 300 ming söm evaziga qarzdorligi yöqligi haqida ma'lumotnoma olib berişni va'da qiladi. Özaro kelişuvga erişgaç, korxona kompyuter bazasidan qarzdorlikni öçiradi va ma'lumotnomani A.Salimovga olib kelib beradi. M.Soliyev A.Salimovdan kelişilgan pulni olgan vaqtda departamentning Xorazm viloyat boşqarmasi xodimlari tomonidan qölga olindi.

Aniqlanişiça, M.Soliyev bundan taşqari, Şix qişloğida istiqomat qiluvçi 445 ta iste'molçilar hisobiga 97 mln. 855 ming sömlik qarzdorlikni heç bir asoslar mavjud bölmagan holda yuklab qöyib, fuqarolarning qonun bilan qöriqlanadigan manfaatlariga jiddiy zarar yetkazilişiga sababçi bölgan ekan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat işi qözğatildi va sud hukmi bilan M.Soliyev tegişli jazosini oldi.