Malayziya hukumati Kim Çen Nam jasadiga nisbatan qanday çora köriş borasida yakuniy xulosaga kelgani yöq. U Kuala-Lumpur aeroportida 13 fevral kuni zaharlab öldirilgandi. Bu haqda mamlakat soğliqni saqlaş vaziri örinbosari Hilmi Yaxaya jurnalistlarga ma'lum qildi.
Uning sözlariga köra, "politsiya 10 mart kuni sud-tibbiy ekspertizani yakunlagan va marhumning jasadini Soğliqni saqlaş vazirligi ixtiyoriga yuborgan". Qonunçilikka köra, "jasadni berişga doir çeklovlar mavjud emas". Biroq, amalda marhum jasadi uning yaqinlariga beriladi. "Şunga köra, qaror qabul qiliş uçun vaqt kerak", - deb qöşimça qilgan vazir örinbosari.
Malayziya politsiyasi rahbari Xolid Abu Bakr Kuala-Lumpur aeroportida halok bölgan şaxs KXDR rahbari Kim Çen Inning ögay akasi ekanini aytgan edi. Ekspertizaga natijasiga binoan VX nomli asab faoliyatini buzuvçi modda ta'siri tufayli ölim yuz bergan. Rasmiy Pxenyan Malayziyada vafot etgan kişi KXDRning Kim Çxol ismli fuqarosi ekanini ta'kidlaşda davom etmoqda.

















