Özbekiston musulmonlar idorasi huzuridagi Muqaddas qadamjolarni saqlaş va obod etiş xayriya jamğarmasi Hazrati Imom majmuasini ziyorat qiliş tartibini işlab çiqdi. Bu haqda Özbekiston Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi axborot xizmati ma'lum qilgan.

Gid va sayyohlar uçun tayyorlangan tavsiyalarga köra, «Möyi Muborak» madrasasi — muqaddas Qur'oni Karim joylaşgan muzeyga bir vaqtning özida 40 nafargaça ziyoratçi kirişi mumkin, ekskursiya vaqti 20 daqiqadan oşmasligi kerak böladi.

Şuningdek, uşbu muzeyda baland ovozda gapiriş, bahslaşiş, video yoki fotoga oliş mumkin emas. Ziyoratçi ayollar boşiga römol yoki şarf taşlab olişlari, kiyimlar ziyorat talabida – me'yordan ortiq kalta, tor yoki oçiq bölmasligi kerak.

Hazrati Imom majmuasi hududida esa çekiş, spirtli içimliklar iste'mol qiliş, maysazorda yuriş, gullarni uziş, skeytbord va rolikda uçiş, velosiped haydaş kabi harakatlar taqiqlanadi.

Madrasa iş vaqti: duşanba-juma kunlari soat 9.00dan soat 17.00gaça, dam oliş kunlari – şanba va yakşanba.

Turizm mavsumida 1 martdan 30 iyungaça hamda 1 avgustdan 30 noyabrgaça, dam oliş kunlari ham soat 9.00dan soat 16.00gaça ziyoratçilarni qabul qiladi.