Buxoro şahrida kelgusi yilda Markaziy Osiyodagi eng yaxşi sport majmualaridan biri barpo etiladi. Mamlakat prezidenti Buxoro viloyatiga safari davomida uşbu obekt loyihasi bilan tanişgan.
ÖzA xabariga köra, uşbu sport majmuasi şahar markazidagi yangi nom berilgan Islom Karimov köçasi va Ibn Sino köçasi kesişmasida joylaşadi. 2018 yilda foydalanişga topşiriladigan uşbu majmuada 15 sport turi böyiça mamlakat va xalqaro miqyosdagi musobaqalarni ötkaziş imkoniyati yaratiladi.
Undan uçta maşğulotlar zali, basseyn, tennis korti, 3 ming 500 tomoşabinga möljallangan zal örin oladi. Majmua sportçilarni tayyorlaş, murabbiylar malakasini oşiriş, sport metodikasi böyiça namunaviy markaz böladi.
Prezident majmuada yozgi va qişki sport maydonlari quriş lozimligini ta'kidladi. Viloyatdagi sport inşootlarini inventarizatsiya qiliş, ularni muayyan sport turiga ixtisoslaştiriş, ommaviyligini oşiriş böyiça mutasaddilarga tegişli topşiriqlar berildi.












