Qöqon davlat pedagogika institutida “Kitobxonlik bayrami” bölib ötdi. Farğona viloyati hokimligi taşabbusi bilan Ahmad Farğoniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi hamkorligida taşkil etilgan tadbirda davlat va jamoat taşkilotlari, ta'lim muassasalari vakillari, olimlar, yozuvçi va şoirlar, talaba-yoşlar iştirok etdi.

Tadbirda mamlakatimizda xalqimiz ma'naviyati va intellektual salohiyatini yuksaltiriş, tafakkurini kengaytiriş, aholi, ayniqsa, yoşlarning mutolaaga qiziqişini va kitobxonlik madaniyatini oşirişga alohida e'tibor qaratilayotgani ta'kidlandi. 

Kitobxonlar bayrami doirasidagi tadbirlarda mamlakatdagi naşriyotlar tomonidan keyingi yillarda çop etilgan mumtoz va badiiy adabiyotlar, ensiklopedik luğat va ma'lumotnomalar, bolalar adabiyoti namoyişi va savdosi taşkil etildi. Yozuvçi va şoirlar bilan uçraşuvlar, yoş ijodkorlar uçun mahorat saboqlari, muşoiralar ötkazildi. Ötkazilgan tadbirda 5200 nafardan ortiq fuqarolar iştirok etdi.

Uşbu tadbirda 4 ta kitob savdosi bilan şuğullanuvçi “Farğona kitob olami” MÇJ, “Şarq ziyokori” MÇJ, “Qöqon kitob savdo” MÇJ hamda “Qöqon Muzaffar savdo” kitob dökonlari tomonidan naşriyotlar tomonidan 900 turdagi 6000dan ziyod mumtoz va badiiy adabiyotlar, ensiklopedik luğatlar, bolalar adabiyoti va ijtimoiy-siyosiy mazmundagi adabiyotlar namoyiş etilib, savdosi yölga qöyildi. 

Tadbirda viloyat axborot-kutubxona markazi, xalq ta'limi boşqarmasi, örta maxsus, kasb-hunar ta'limi hududiy boşqarmasi, viloyatdagi barça oliy ta'lim muassasalari axborot-resurs markazlari tomonidan badiiy kitoblar körgazmalari taşkil etildi. Tadbir davomida iştirokçilar tomonidan 1800 dan ziyod kitoblar xarid qilindi.