Iroqlik köngilli askarlar Mösul yaqinidagi Baduş turmasi hududida 2014 yilda IŞID terrorçilik guruhi tomonidan amalga oşirilgan jazolaşning 500 qurboni kömilgan bölişi mumkin bölgan ommaviy qabristonni topdilar.  

Terrorçilar turmani 2014 yil iyunda içidagi mahbuslar bilan egallab olib, u yerda saqlangan şia musulmonlarini otib taşlaşgan.

"Xalq laşkarlarining ikkinçi brigadasi Baduş turmasining 500 ga yaqin mahbusi suyaklari bölgan ommaviy qabristonni topişdi. Bu mahbuslar IŞID jinoiy tödasi tomonidan qatl etilgan", deb aytilgan laşkarlarga tegişli saytda.

Laşkarlar bu jinoyatga aloqador bölgan 87 jangarini qölga olişganini ma'lum qilişgan.  

Iroqlik harbiylar turmani mart oyi boşida öz nazoratlariga qaytara olişgan. Aksariyati şialardan taşkil topgan köngilli askarlar otryadlari harbiylarga kömak bermoqda.