Sloveniyada Siemens mutaxassislari tomonidan atom elektrstansiyasiga möljallangan dunyodagi birinçi ehtiyot qismi bosib çiqarildi va örnatildi. Endilikda Krşko AESda yonğinga qarşi funksional impeller nasos bor bölib, u 3D-bosma texnologiyasi yordamida yaratildi.

Stantsiyada eski qism 1981 yilda örnatilgan bölib, uni almaştiriş vaqti allaqaçon kelgandi, biroq buni amalga oşiriş juda muşkul bölgan, sababi asl ehtiyot qismlarini işlab çiqaruvçining özi yöq. Şuning uçun Siemens muhandislari 3D-texnologiyada virtual nusxani yaratişdi, söngra uni öz fabrikalaridan birida bosib çiqarişdi. Impellar tayyorlanganidan keyin, uni bir neça oy davomida sinovdan ötkazişdi va işlaşiga işonç hosil qilişgan. Natija esa ajoyib – bosib çiqarilgan qism öz xususiyatlariga köra asl nusxadan ham yaxşiroq bölib çiqdi.

Siemens kompaniyasi özining bunday bosma zavodini 2009 yilda işga tuşirgan. Öşanda beri köplab foydali qurimalar taqdim etildi. Masalan, ötgan yilda u yerda gaz turbinalari uçun qismlar bosib çiqarildi, söngra ular Çexiyadagi elektrstansiyalaridan birida örnatildi.