Özbekiston Markaziy banki 13 martdan boşlab xorijiy valyutalarning sömga nisbatan yangi kurslarini belgiladi.

Unga köra, dollarning rasmiy kursi bir hafta içida deyarli 50 sömga, 3452,30 sömdan 3500,01 sömga kötarildi.

Yevroning qiymati qariyb 60 sömga oşib 3710,44 sömga va rubl 0,50 sömga arzonlaşib 59,10 sömga yetadi.

Markaziy bank buxgalteriya hisobi, statistika va boşqa hisobotlarni yuritiş, şuningdek, bojxona va boşqa majburiy tölovlarni hisoblab çiqariş uçun har haftada valyutalar kursini belgilaydi.

Valyuta qiymatini belgilaş çoğida Özbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni uşbu qiymatda sotiş yoki sotib oliş majburiyatini olmagan.