Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning Moskvaga taşrif bilan kelişiga tayyorgarlik körilayotganini tasdiqladi. Bu haqda TASS xabar tarqatdi.
«Bunday aloqalar tayyorlanmoqda, biz tegişli bayonot bilan çiqamiz», - dedi Peskov.
Taxminlarga köra, muzokaralar 28 mart kuni Moskvada bölib ötadi.
Avvalroq Eronning Rossiyadagi elçixonasi mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniy Rossiyaga prezident Vladimir Putin bilan muzokaralar ötkaziş uçun mart oyida taşrif buyurişni rejalaştirayotganini tasdiqlagandi.












