Xitoyning NIO startapi EVE nomli navbatdagi “kelajak avtomobili” kontseptini taqdim etdi. Avtomobil avtonom ham, haydovçi iştirokida ham boşqarilişi mumkin, yöl davomida esa haydovçiga sun'iy idrokka ega bort yordamçisi hamrohlik qiladi. Salon haqida söz yuritilsa - avtomobilga “ğildiraklardagi mehmonxona” norasmiy nomi berildi, u yerdan yotoqxona sifatida ham "foydalaniş" mumkin, deb yozadi Mashable.

Naşrning xabar qilişiça, avtomobil saloni birinçi sinfdagi samolyot saloniga öxşaş. Unga olti yölovçi siğişi mumkin, ularning qulayligi uçun maşina suriladigan eşiklar bilan jihozlangan.

Avtomobil içidagi örindiqlar tölaqonli divanga aylanadi, buklanadigan stolça va şaxsiy buyumlarni saqlaş uçun köplab kiçik joylar bor. Ularning bari sensorli panellar yordamida boşqariladi.

Avtomobilning NOMI nomli bort yordamçisi avtomobil va datçiklarni boşqaradi, şuningdek haydovçi holatidan ham “xabar olib turadi” hamda kerak bölganda, u haddan taşqari çarçagani haqida ogohlantiradi.

Bundan taşqari, yaratuvçilarning sözlariga köra, yordamçi yölovçilar öziga xos xususiyatlarini ham örganişi mumkin va ularga qiziq bölgan ma'lumotlarni çiqaradi. Bu holatda katta old oyna displey tariqasida işlatiladi. Unda filmlar tomoşa qiliş yoki yöl davomida foydali ma'lumotlarni öqib boriş mumkin.

Osmondan esa nafaqat old oyna, balki katta panoramali tom orqali ham bahra oliş mumkin.

Biroq, Mashable’ning ta'kidlaşiça, EVE seriyali model bölişi ehtimoldan uzoq. Sababi uning işlab çiqaruvçilari avtomobillarga ixtisoslaşmagan va hattoki texnik xususiyatlarni ham öylab körişmagan.
 
Şuning uçun NIO EVE hozirça faqatgina kontsept bölib qoladi. Biroq köpçilik kelajak maşinasi sifatida undan foydalanişni istaşi aniq.