Xitoyning Guyçjou viloyatidagi toğli hududda joylaşgan dunyodagi eng katta radioteleskop FAST (Five hundred meter Aperture Spherical Telescope) sayyohlar bepul taşrif buyurişi uçun oçildi. Bu haqda "Sinxua" axborot agentligi xabar bermoqda.
FAST 2016 yil sentabrda işga tuşirilgandi.
Ma'lum qilinişiça, teleskop normal işlaşi uçun undan 5 km lik radiusda "jimlik hududi" joriy qilingan bölib, bu yerda mobil telekommunikatsiya qurilmalarining barça signallari bloklanadi. Şu sababli tomoşa maydonçasiga kirişdan oldin sayyohlar mobil telefonlari, raqamli fotoapparatlari, smart-bilakuzuklari va boşqa elektron qurilmalarni topşirişlari kerak.

Teleskopning taşrif buyuriş hududida bir neçta telefon budkasi örnatilgan bölib, sayyohlar ulardan Xitoy içida bepul qönğiroq amalga oşirişlari mumkin.
Teleskopni körgani har kuni 2 ming kişigina kela oladi. Ma'lum qilinişiça, bu hududda yagona pullik xizmat maxsus şattlda safar qiliş va astronomiya muzeyiga taşrif buyuriş hisoblanadi. Sayyohlar avtobusga 50 yuan (7 dollar) va muzeyga kiriş uçun ham şunça pul tölaşlari kerak böladi.

Ulkan radioteleskop quriş ğoyasi xitoylik mutaxassislar tomonidan 1994 yil bildirilgan. Maydoni 30 ta futbol maydoniga, perimetri 1,6 km ga, diametri 500 metrga teng bölgan teleskopning qurilişi 2011 yil mart oyida boşlangan. Teleskop toğda joylaşgan. Teleskopga qilingan sarmoya qiymati 1,2 mlrd yuanga (180 mln dollar) baholangan.













