Nigeriya hukumat qöşinlari mamlakat şimoli-şarqi Bono ştatidagi "Boko haram" radikal guruhi jangarilari tomonidan asirlikka olingan 211 nafar tinç aholini ozod qilişdi. Bu haqida 12-mart, yakşanba kuni "Sinxua" agentligi xabar berdi. 

"22-brigada qöşinlari şanba kuni "Lafia Dovul" operatsiyasi davomida Singal Muri va Mayya qişloqlari aholisini qutqarişga muvaffaq bölişdi, - deya ma'lum qildi Afrika mamlakati harbiy kuçlarining  rasmiy vakili Soniy Usmon. - Operatsiya doirasida bir jangari yöq qilindi, şuningdek Mala Mayya aholisiga oziq-ovqat tomonidan yordam beruvçi taşkilotga tegişli ikki oğir yuk maşinasi va 18 pikap tortib olindi. 

"Boko haram" - Nigeriyaning şimoli va şimoli-şarqida harakatlanuvçi islomiy guruh. Uning jangarilari Niger, Kamerun va Çadga ham hujum uyuştirişadi. Radikal taşkilot Nigeriya hududida islom xalifatini taşkillaştiriş va şariat qonunlarini örnatişni maqsad qilgan. Guruh Ğarb ta'limi, demokratiya va hukumat taqsimlanişi, şuningdek begona madaniyatga qarşi kuraşadi.