Özbekistonda internet tezligi va bu borada provayderlik xizmatlarini taşkil etuvçilar, ularning körsatayotgan xizmat sifatlari borasida muammolar borligi heç kimga sir emas. «Potrebiteli.Uz» sayti Özbekistonda qaysi internet provayderlar xizmati iste'molçilarning birmunça bölsa-da e'tirofiga sazovorligiga qiziqib kördi hamda Özbekistondagi internet-provayderlarining öziga xos reytingini tuzib çiqdi. 

Reytingni tuzişda 2016 yil yanvaridan 2017 yil fevraliga qadar Facebook ijtimoiy tarmoğidagi «Potrebitel.uz» guruhida qayd etilgan sörovlarga foydalanuvçilar tomonidan qoldirilgan izohlar va tavsiyalardan foydalanilgan. 

Unga köra, ötgan bir yildan ortiqroq vaqt mobaynida guruhda 112 marta «yaxşi provayderni maslahat bering», degan mavzu muhokamaga taşlangan. Bunda, bu kabi murojaatlarga birinçi bölib, «bizda yaxşi provayderlarni unuting» yoki «ularning barçasi bir» deya javob berişgan bölsa, boşqalari öz provayderlarining sifatsiz xizmat körsatişidan nolişgan. Boşqalari ğamgin memlar qöyib, «özbek interneti haqidagi qissadan köra ğamgin qissa bölmasa kerak» deb ta'kidlaşgan.   

Albatta, maslahat berganlar va özlari foydalanayotgan provayderlarni maqtaganlar ham bölgan. Sifatli xizmatlarini taklif qilgan provayder vakillarining ham qaydlari közga taşlangan. Reyting tuzuvçilari iste'molçilar qaysi provayderni köproq olqişlagani yoki tavsiya qilganini aniqlaşgan. Şunday qilib, jami tavsiyalar soni 972tani taşkil etgan. Olingan ma'lumotlardan reyting jadvali tuzib çiqildi. 

Şunday qilib, Potrebitel.uz tasnifiga köra, Turon Telecom, Sarkor, Uzonline eng yaxşi provayderlar deb topildi. Quyida uşbu reyting natijasi bilan tanişiş mumkin.

Eslatib ötamiz, Kun.uz tahririyati ham 2016 yilda Özbekistondagi internet provayderlar faoliyatiga doir öz sörovini ötkazgan edi. 

Sörovnoma: Iste'molçilar Özbekistondagi internet sifatiga baho berişdi