Rossiya davlat dumasining millatlar işi böyiça qömitasi Sobiq Ittifoq hududida yaşagan va "rus tili taşuvçisi" deb hisoblanganlarning Rossiya fuqaroligini olişini osonlaştiradigan qonun loyihasini ma'qulladi. 

Qonun mualliflari bunday fuqarolar turkumiga sobiq Rossiya imperiyasi yoki Sobiq Ittifoq hududida yaşaydigan fuqarolarni, şuningdek, Rossiyada tuğilgan töğridan-töğri qarindoşlari bor bölganlarni kiritişni taklif etmoqda.

Bugungi kunda Rossiya fuqaroligini olmoqçi bölgan bunday şaxslarga “xorijiy davlat vakolatli idorasi”ning boşqa fuqarolikdan çiqqani haqidagi hujjatini taqdim etişi asosiy ğovlardan biri bölib turibdi. Şu bilan birga, xorijiy fuqarolar özlaridagi fuqarolikdan voz keçiş haqida yozma ravişda bildirsalar yetarli. “Rus tili taşuvçilari” uçun esa amaldagi fuqarolikdan voz keçişning ruxsat berilgan tartibi örnatilgan.

Uşbu qonun loyihasida bunday şaxslarga yaşaş uçun ruxsatnomani boşqa fuqarolikdan voz keçmay turib oliş huquqini beruvçi tuzatişlar kiritiş taklif etilmoqda. Bundan taşqari, yaşaş uçun ruxsatnomaning amal qiliş muddati va uni çözdiriş imkoni ham taqdim etilişi mumkin.

Şuni ta'kidlab ötiş joizki, ötgan yilda Rossiya fuqaroligini olgan şaxslar soni 21 foizga ortdi. 2016 yilda 265 319 kişi fuqarolik olgan bölsa, 2015 yilda bu körsatkiç – 209 799 kişiga teng bölgan.