Gruziyaning Toşkentdagi elçixonasi Özbekistondagi ommaviy axborot vositalarida Batumi şahrida röy bergan tartibsizliklarning yoritilişiga e'tibor qaratdi.
«Gruziyaning Özbekiston Respublikasidagi elçixonasi Özbekiston Respublikasidagi Ommaviy axborot vositalariga hurmat saqlagan holda bildiradiki, 11 martdan 12 martga ötar keçasi Batumi şahrida siyosiy muxolifat kuçlari tomonidan maişiy mojaroni siyosiylaştirişga uriniş holati sodir etildi. Namoyiş taşkilotçilarining maqsadi mamlakatning tinç va barqaror taraqqiyotiga töğanoq böliş edi.
Gruziya elçixonasi alohida qayd etadiki, jamoatçilikning aksar qismi bunday buzğunçi harakatlarga salbiy munosabatda böladi.
Uşbu hodisadan keyin Gruziya hukumati jamiyatning tinç hayotini ta'minlaş maqsadida zarur barça çoralarni körgan. Ayni vaqtda Batumi şahridagi vaziyat sokin tus olgan, namoyiş taşkilotçilari qölga olingan va tekşiruv işlari olib borilmoqda.
Gruziyaning Özbekiston Respublikasidagi elçixonasi Batumidagi voqealar yoritilişida uşbu ma'lumotlar inobatga olinişiga umid bildiradi», deyilgan elçixona xabarida.
Şahardagi tartibsizliklar 11 mart, şanba kuni keçqurun politsiyaçilar olti nafar mahalliy fuqaroni hibsga olgaç, boşlangandi. Politsiya boşqarmasi binosi oldida töplangan miting iştirokçilari bino içkarisiga bostirib kirişga urindi, ammo maxsus topşiriqli bölinmalar közni yoşlantiruvçi gaz va rezina öqlar qöllagan holda ularni töxtatgan. Töqnaşuvlar natijasida 30dan ortiq kişi, şu jumladan, politsiyaçilar jabrlandi.
Politsiya namoyiş uyuştirişda gumon qilingan 40dan ortiq kişini qölga oldi.
Batumidagi tartibsizliklar tafsilotlari. 40dan ortiq kişi qölga olingan











