Amerikaning Baker Hughes kompaniyasi tomonidan e'lon qilingan AQŞdagi burğilaş uskunalari soniga doir ma'lumotlardan söng, jahon neft narxi pasaya boşladi. Savdolar natijalari şunday deyişga asos bölmoqda.
Xususan, Brent navli Şimoliy dengiz neft aralaşmasi uçun may oyi fyuçersi 0,68 foizga arzonlaşib, bir barreli 51,02 dollarga pasaydi. WTI navli neftning aprel oyi fyuçersi 0,82 foizga pasayib, bir barreli 48,09 dollarni taşkil etgan.
Baker Hughes ma'lumotlariga köra, 10 mart kungi holatga binoan, AQŞda neft qazib oluvçi burğular soni 12 donaga ortib, 768 donaga yetgan.
Neftning arzonlaşuvia AQŞ energetika vazirligining mamlakatdagi neft zaxirasiga doir axboroti ham ta'sir körsatgan. Ötgan haftada zaxiralar 8,2 million barrelga oşgani xabar qilingan. Şu bilan Amerikada 528,4 million barrel neft saqlanadi.












