Instagram servisining 1,5 mln.dan ortiq a'zosi foydalanuvçining şaxsiy ma'lumotlarini öğirlaydigan firibgarlari qurboni bölişi mumkin. Bu haqda ESET antivirus kompaniyasi ma'lum qildi. 

Mutaxassislarning sözlariga köra, firibgarlar Google Play dökoniga Instagram'dagi öquvçilar sonini köpaytiriş uçun xizmat qiladigan ilovani yuklaşdi. Bu ilova foydalanuvçidan sahifaga kiriş uçun login va parolni kiritişni söraydi, söngra kiriş vaqtida xatolik yuz bergani haqida xabar beradi. Töplangan ma'lumotlar firibgarlarning serveriga yuboriladi. 

Buzib kirilgan sahifalardan spam-xabarlar yuboriş, "Like"lar sonini oşiriş va izohlar yoziş uçun foydalanilgan. 

ESET murojaatidan söng Google Play uşbu ilovalarni öçirib yubordi. Biroq uni 1,5 mln.dan ortiq foydalanuvçi köçirib olişga ulgurgan. Kompaniya ilovani köçirib olganlarga parolni özgartirişni tavsiya qildi.