Yaponiyadagi asosiy muxolif partiyasi bölmiş Demokratik partiya mamlakat mudofaa vaziri Tomomi Inadaning zudlik bilan iste'foga çiqişini talab qilmoqda. Bu haqda partiyaning siyosiy kengaşi rahbari Oguti Xirosi ma'lum qilgan.
"Biz uning iste'foga çiqişini talab qilamiz. U mamlakat mudofaa vaziri bölişga loyiq emas", deya qayd etgan u.
Tomomi Inada "Moritomo gakuen" taşkiloti maktab uçun arzonlaştirilgan narxda yer maydoni sotib olişi böyiça boşlangan mojaroga aralaşib qoldi. U 2004 yilda uşbu taşkilotga yuridik xizmat körsatgani uçun gumon ostiga olingan. Öşa vaqtda Inada siyosatçi bölmagan, advokat sifatida işlagandi. Uning özi 2004 yilda uşbu kompaniya manfaatlarini sudda himoya qilgani haqida aniq eslay olmasligini bildirgan.
Yuzaga kelgan mojaroga Osaka prefekturasidagi Toyonaka şaharçasi hududida joylaşgan 8770 kv m maydon sabab bölib, taşkilot uşbu maydonni şu yil aprelida xususiy maktab quriş uçun sotib olgan. Bu maydon 956 mln iyenaga (8,37 mln dollar) baholangan, ammo kompaniya uni 134 mln iyena evaziga (1,18 mln dollar) qölga kiritgan.
Avvaliga uşbu hudud 10 yil muhlatga ijaraga olişi nazarda tutilgan, ammo hudud ifloslangani va bu muammoni hal etiş uçun 800 mln iyena sarflaş kerakligi ma'lum böldi. Şu şart bilan "Moritomo gakuen" yerni arzon narxda qölga kiritgani aytilgan.
Yaponiya boş vaziri Sindzo Abening rafiqasi Akie Abe ham bu mojaroga aralaşgan. U avvaliga uşbu maydonda quriladigan maktabning faxriy direktori bölişi nazarda tutilgandi, ammo u keyinroq bu lavozimni rad qilgan. Yaponiya hukumati "Moritomo gakuen" bilan qandaydir aloqadorligi ehtimolini butunlar inkor etmoqda.











