15 mart kuni Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki (YeTTB) prezidenti Suma Çakrabarti boşçiligidagi delegatsiya Özbekistonga taşrif buyuradi. Bu haqda Özbekiston Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Taşrifdan maqsad Özbekiston va YeTTB örtasidagi hamkorlik holati va uni rivojlantiriş istiqbollarini muhokama qilişdan iborat», — deyilgan TIV xabarida.
Fevral oyining birinçi yarmida YeTTBning Markaziy Osiyo va Rossiya böyiça ijroiy direktori Natalya Xanjyenkova boşçiligidagi delegatsiya Özbekistonga taşrifini amalga oşirgandi.
Bank yetakçi mutaxassislaridan iborat 10 kişilik delegatsiya Toşkentda 5 kun davomida boş vazir, taşqi işlar vaziri va boşqa vazirlar bilan uçraşuvlar ötkazdi. Aynan şu taşrif vaqtida YeTTB prezidenti Suma Çakrabartining mart oyida Özbekistonga amalga oşiradigan taşrifiga tayyorgarlik köriş masalalari muhokama etilgandi.
Özbekiston va YeTTB örtasida 1992 yilda aloqa örnatilgan, ammo 2003 yildan boşlab bank Özbekistonga kredit ajratişni kamaytirgandi. 2007 yilda esa mamlakatdagi loyihalar uçun kredit mablağlari ajratilişi butunlay töxtatildi.
Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki Özbekistonga qaytişi mumkin











