Irlandiyaning Dublin şahridagi Triniti-kollej talabalari endilikda öqişdan bir oz çalğib, yumşoq divanlar örnatilgan "uxlaş xonalari"da dam olişlari mumkin böladi. Bu xona ta'lim muassasasining talabalar ittifoqi taşabbusi bilan oçildi. Bu haqda The Irish Sun naşri xabar bermoqda. 

Talabalar bu xonalarda kunduzi uxlaşlari yoki şunçaki hordiq çiqarişlari mumkin böladi. Bu xonani talabalarning özlari ta'mirlab, jihozlaşgan.

Yaqin orada bunday hududlarni ta'lim muassasasi kampusi böylab oçiş rejalaştirilgan. 

Qayd qiliş joizki, Triniti-kollejda talabalar özlarini qulay his qilişlariga katta ahamiyat beriladi.