Şimoliy Koreya öziga qarşi tajovuzkorlik qilganlarni ayamay jazolaşga va'da bermoqda.
Hozirda AQŞ va Janubiy Koreya harbiylari birgalikda harbiy maşqlar ötkazişmoqda. Bu holatdan ğazablangan rasmiy Pxenyan, agar mazkur maşğulotlar davomida Şimoliy Koreya hududiga hattoki bitta dona raketa kelib tuşadigan bölsa, duşmanlarining harbiy poligonlarini çiqindixonaga aylantirişi haqida ogohlantirmoqda.
Şimoliy Koreya mahalliy axborot vositalarining ma'lumot berişiça, AQŞning yangi ma'muriyati, xuddi avvalgilaridek, Şimoliy Koreyani yadroviy şantaj qilişdek ma'nosiz siyosatini davom ettirmoqda va şuning uçun Vaşington Pxenyanga nisbatan sovuq siyosatini özgartirsa, vaziyat ijobiy tarafga özgarişi ehtimoldan xoli emas.
Ta'kidlaş kerakki, Şimoliy Koreyada sönggi paytlarda örta va qisqa masofali kallakli raketalarni sinovdan ötkaziş avj oldi. Bu öz navbatida jahon hamjamiyatining xavotirlarini kuçaytirib yubordi. Şu bois AQŞ ham Janubiy Koreya, Koreya yarim orolida favqulodda vaziyatlarda qurolli kuçlarni şay holatga keltirişga qaratilgan Key Resolve deb nomlangan harbiy maşğulotlarni boşlab yuborgan.












