Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida Suriya masalasi bo‘yicha muzokaralarning uchinchi raundi boshlandi. Bugun ikki tomonlama va uch tomonlama maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tadi.

Ayni vaqtda Rossiya delegatsiyasining Milosh Strugar boshchiligidagi BMT delegatsiyasi bilan uchrashuvi o‘tkazilmoqda. Rossiya delegatsiyasiga prezidentning maxsus vakili Aleksandr Lavrentev rahbarlik qilmoqda.

15 mart kuni yalpi majlis o‘tkazilishi kutilmoqda.

Bundan oldinroq Qozog‘iston TIV rahbari Qayrat Abdraxmonov muzokaralar davomida Suriyada harbiy asirlarni almashish masalasi muhokama qilinishidan xabar bergandi.