Amerikalik professor Jyeremi Mao olamşumul kaşfiyot qildi – u yangi tişlarni östirişning texnologiyasini yaratdi. Bu texnologiya evaziga yaqin orada tiş şifokoriga borib, tişlarni burğilatişni esdan çiqariş mumkin böladi. Bu haqda Inforeactor naşri xabar bermoqda.

Mao burğilaş maşinalaridan foydalanmasdan, ikki oy içida soğlom tişni yaratişga imkon beruvçi usulni ixtiro qildi.
Olim tişlarni östiriş jarayoni qanday keçişi haqida batafsil sözlab berdi. U buning uçun natural materiallardan maxsus karkas yaratib, unga asos hujayralarni kiritgan. Östiriş stimulyatori yordamida bir neça hafta içida yangi tiş vujudga kelgan va u a'lo darajada örnaşib, tabiiy tişdan heç qanday farqi bölmagan.
Ma'lum qilinişiça, olim bugungi kunda uşbu tajribani faqatgina hayvonlarda ötkazgan. Agar u bu texnologiyani odamlarda muvaffaqiyatli sinovdan ötkaza olsa, unda bu texnologiya stomatologiya sohasida inqilobiy özgarişga olib kelişi mumkin. Olimning ta'kidlaşiça, yangi texnologiya böyiça tiş östiriş uçun şikofor huzuriga bir martagina taşrif buyuriş yetarli böladi.











