Tiş soğlomligini saqlaş ayollar salomatligi uçun muhim omillardan biridir. Statistik ma’lumotlarga köra, stomatolog qabuliga murojaat qiluvçilar orasida ayollar uluşi erkaklarga nisbatan yuqori. Bu faqat estetik yoki taşqi köriniş uçun emas, balki ayol organizmidagi maxsus fiziologik özgarişlar bilan boğliq.

Ayollar hayotidagi gormonal özgarişlar (hayz, homiladorlik, laktatsiya, menopauza) tiş va milklarga salbiy ta’sir qilişi mumkin. Ayniqsa: milklarda şiş, qon ketiş, toksikoz davridagi kislota ta’siri, gormonal özgarişlar ortidan parodont töqimalarining zaiflaşuvi tufayli ayollar parodont (oğiz böşliği) kasalliklariga nisbatan köproq moyil. Homiladorlikda esa bu bola uçun ham xavfli.

Homiladorlikda tiş kasalliklari bolaga qanday ta’sir qiladi?

Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) va bir qator ilmiy tadqiqotlarga köra, homilador ayollardagi oğiz böşliğidagi infeksiyalar bolaning tuğilişi va rivojlanişiga töğridan-töğri ta’sir qiladi. Masalan, parodont kasalliklari bölgan onalarda past vaznli çaqaloq tuğiliş xavfi 2 barobar yuqori. Milklarida yalliğlaniş kuzatilgan onalarda homilaning rivojlanişi sust böladi. Onaning tişlarida muammo yuzaga kelganda, bakteriyalar qon bosimiga ta’sir qilib xavfli holatlarga sabab bölişi mumkin.

Çaqaloqlarda immunitet zaifligi yuz beradi, çunki infeksiyalar ona organizmida yalliğlaniş hosil qiladi. Yoki tiş oğriqlari bölganda darhol şifokorga murojaat qiliş lozim, aks holda oğriqlar orqali stress gormonlari oşadi va bolaning asab tizimiga salbiy ta’sir körsatadi.

Mutaxassislar nima deydi?

  1. Homiladorlikdan avval stomatolog körigidan ötiş.
  2. Agar parodontit, kariyec yoki milk kasalliklari aniqlansa – avval davolang, söng homiladorlikni rejalaştiring.
  3. Homiladorlik davomida kamida 2 marta tiş şifokoriga körining.
  4. Milklarda qon ketişi, oğriq yoki hid özgarişi – jiddiy signal bölişi mumkin.
  5. Yumşoq tiş çötkasi, tiş ipi va maxsus oğiz çayiş vositalaridan foydalaning. Qattiq çötka milklarni şikastlaşi mumkin.
  6. Şakarli va kislotali ovqatlardan tiyiling. Homiladorlik paytida tiş emali zaiflaşadi. Kalsiy va D vitamini yetarli miqdorda qabul qilinişi kerak.
  7. Toksikoz paytida oğizni tozalaşni unutmang. Qusişdan söng 30 daqiqa ötib oğizni çayiş va tişni tozalaş tavsiya etiladi.