Pomidor, çoy, qahva, rezavorlar va meva şarbatlaridagi böyovçi moddalar tiş emali rangiga kuçli ta’sir körsatadi. Bu haqda britaniyalik stomatolog Hanna Kinsella  Daily Mail naşriga bergan intervyusida aytdi. 

Uning sözlariga köra, pomidor, rezavorlar va şarbatlarda turli kislotalar miqdori yuqori böladi. Ular tiş emalini yemiradi va mayda yoriqçalar paydo bölişiga olib keladi.  

«Pomidorda antosian va tanin pigmentlari köp böladi. U tiş emaliga tez yopişadi va tiş rangini özgartiradi», — dedi Kinsella.

Stomatologning aytişiça, malina va qorağat hamda çoy va qahva tarkibida kuçli böyovçi moddalar mavjud. U şuningdek, şarbatlar, ayniqsa, apelsin va anor şarbatlarini kamroq içişni tavsiya qildi.  

«Çoy va qahva taninga boy. Tanin ösimliklarga sariq va jigarrang tus beradi. U tiş emalini qoraytiradi. Çoy va qahvadan butkul voz keçişning imkoni yöq, ammo ularga sut qöşib içiş tişda doğlar paydo bölişining oldini oladi», — dedi u.