AQŞ prezidenti Donald Tramp va Germaniya kansleri Angela Merkelning 14 martga belgilangan uçraşuvi Vaşingtonda kutilayotgan qor böroni tufayli 17 martga köçirildi. Bu haqda jurnalistlarga AQŞ prezidenti matbuot kotibi Şon Spayser ma'lum qildi. 

"Prezident Germaniya kansleri bilan suhbatlaşib, ob-havo tufayli uçraşuvni qoldirişga kelişib oldi. Uçraşuv 17 mart kuniga köçirildi, tadbirlar jadvali avvalgidek böladi", deb aytgan Spayser.

AQŞ şimoli-şarqida 13 va 14 mart kunlari bu mavsum uçun noodatiy past haroratlar bölişi kutilmoqda (Tselsiy böyiça minus 4 – minus 2 gradus).

Şuningdek, yomon ob-havo sababli aviakompaniyalar 1,5 mingdan köproq reysni bekor qilişgan.