Misr sobiq prezidenti Husni Muborak olti yillik tanaffusdan söng uyga qaytişga tayyorgarlik körmoqda. Al-Youm al-Sabia naşrining xabar berişiça, bu yaqin soatlarda röy berişi mumkin. Gazetaning öz manbalariga asosan xabar berişiça, Qohira harbiy gospitali va uning atrofida xavfsizlik çoralari kuçaytirildi, ma'muriyat sobiq siyosatçi davolaş muassasasini tark etişiga tayyorgarlik körmoqda.

Bu mamlakat boş prokuraturasi himoyaçi Farid ad-Dibning Muborakni qamoqdan çiqariş haqidagi murojaatini qanoatlantirgaç, yuz berdi. Mart oyi boşida esa Misr kassatsiya sudi 2011 yilgi tartibsizliklarda namoyişçilarning qotilligiga aloqadorlikda ayblangan Muborakka nisbatan oqlov hukmini çiqardi.

Ayni damda mamlakatning sobiq birinçi xonimi Suzan Muborak ham kasalxonada, u turmuş örtoğiga narsalarini yiğişda yordam bermoqda. Ma'lumotlarga köra, sobiq prezident bolalarining uyiga boş tortgan hamda prezidentlik davrida istiqomat qilgan uyga qaytiş xohlamoqda. Gap Qohiraning Geliopolis tumanidagi Halim Abu Seyf köçasida joylaşgan bino haqida bormoqda.

Muborak 2011 yilning 28 fevral kuni, katta xalq noroziligi fonida öz iste'fosi haqida e'lon qilganidan söng uy qamoğiga joylaştirilgandi. 

89 yoşli Muborak umumiy hisobda 3 yilni qamoqxona va kasalxonada örtasida ötkazdi. Sobiq prezident yana uç yil Qohiraning Maadi tumanidagi harbiy gospitalda bölgan.