Özbekiston Henley & Partners kompaniyasining viza çeklovlari Indeksida (Visa Restrictions Index) 83 örinni egalladi.
Henley & Partners kompaniyasining viza çeklovlari Indeksi öz fuqarolariga harakatlaniş erkinligi darajasi böyiça davlatning xalqaro reytingi hisoblanadi.
Henley & Partners kompaniyasi tomonidan barça mamlakat va hududlarning viza rejimi qoidalari batafsil örganib çiqildi, ya'ni körsatilgan davlat fuqarolarining vizani rasmiylaştirmasdan bora oladigan boşqa davlatlar soni.
Viza çeklovlari Indeksi tarixdagi xalqaro munosabatlar va mamlakatning jahon arenasidagi örnini anglatuvçi fuqarolarning harakatlaniş erkinligi böyiça mamlakat xalqaro reytingi hisoblanadi.
Indeksga köra, Özbekiston fuqarolari jahonning 53 davlatiga vizasiz bora oladi.
Germaniya reytingda tört yildan beri yetakçilik qilmoqda. 2017 yilda Germaniya fuqarolari vizasiz kira oluvçi davlatlar soni 177dan 176ga qisqardi.
Ötgan yildagi kabi ikkinçi örinda Şvetsiya joylaşdi - 175 mamlakat. Uçinçi örinni esa beş davlat özaro bölişib oldi - Finlyandiya, Italiya, Ispaniya, AQŞ va Daniya (174 davlat).
Reytingdagi sönggi örinlardan Pokiston, Iroq va Afğoniston joy oldi.












