Qullik rasman 1861 yilda bekor qilingan hisoblansa-da, insoniyat jamiyatdagi uşbu salbiy köriniş bilan hamon kuraşib kelmoqda. Bunga esa sabablar köplab topiladi. Uruşlar, beqaror iqtisodiy holat, savodli insonlarning kamligi, korrupsiya, siyosiy boşqaruv institutlarining mukammal tizim sifatida işlamasligi, banklar, bu borada axborotning yetarli emasligi, orzu-havas bilan boğlanuvçi dabdabali töy orzusi... bu röyxatni istagança davom ettiriş mumkin. Aslida, zamonaviy qulçilikni boşqarayotganlardan boşqa heç kim nima bölayotganini aniq ayta olmaydi. Oqibatda kambağal odamlar soni töxtovsiz köpaya boradi. Xöş, zamonaviy qullar qanday yaşaydi va ular nima uçun vaziyatni önglaş uçun harakat qilişmaydi? Bu savolga dastlabki javob şundan iboratki, ularning aksariyati özlarini qul deb hisoblamaydi. Quyida uşbu jarayonning boşqa jihatlarini ham körib çiqamiz. 

Zamonaviy kişi işlab topayotgan daromad aksar hollarda atigi bir oyga yetadi-turadi.

Bu mablağ ipoteka yoki ijara pulini tölaş, ayrim mahsulotlar xarid qiliş va yölkiraga kifoya qiladi, xolos. Agar, u nafaqa yoşiga yetsa, u maoşining 1/3 qismini pensiya sifatida oladi va bu umrining oxirigaça özgarmay qoladi. Inson harçand urinmasin, bundan çetga çiqa olmaydi. 

Zamonaviy qullarning dardi-xayoli xarid qiliş bilan boğliq böladi.

Ha, hozirgi vaqtda insonlar göyoki xarid qiliş uçun işlamoqda. U öziga reklama qilinayotgan va sun'iy ravişda tanqislik hosil qilingan narsalarni xarid qiladi. Yoki u doimiy ravişda nimadur, ammo yangi, qiziq va aslida unga umuman keraksiz bölgan narsani sotib oladi. Insonlar ongiga ta'sir ötkaziş texnologiyalari qullarning çöntagini ömariş vazifasini ajoyib tarzda uddalamoqda. Yangi mahsulotlar ortidan quviş insonni kasodga uçratadi. Qayerda kasodlik bölsa, öşa yerda qarzdorlik ham borligini unutmaslik kerak. Oqibatda, inson kasodga uçramaslik uçun tinimsiz işlaydi, qarzini yopadi va xarid qiladi. 

Zamonaviy qul tinimsiz qarzini tölaydi.

Aytiş joizki, kredit tizimi iqtisodiyot rivojlangan va jiddiy ösayotgan mamlakatlarda yaxşi işlaydi. Beqaror iqtisodiyotga ega mamlakatlardagi insonlar biznesini rivojlantiriş uçun kredit olgudek bölsa, umrining oxirigaça qarz tölaşga majbur bölib qolişi mumkin. Ta'mirlaş yoki maişiy texnikalarni xarid qilmoqçi bölganlar yaşirin komissiyalar va foizlarni tölaşda pulini yöqotadi. Kreditni olişda çuqur öylanmasa, kredit qulligi paydo bölişi mumkin.