AQŞdagi kuçli qor böroni tufayli kamida 4 kişi halok böldi, deb xabar bermoqda CNN telekanali.
Politsiyada ta'kidlanişiça, 16 yoşli qiz Nyu-Gempşir ştatining Gilford şahrida yomon ob-havo tufayli yuz bergan yöl-transport hodisasida halok bölgan. Yana ikki kişi Miluoki ştatida halok bölgan, biroq ularning ölimlari tafsilotlari keltirilmagan.
Massaçusets ştatida qor tozalovçi maşina haydovçisi temir yöl izlarini qordan tozalayotgan poyezd bilan töqnaşişi oqibatida halok bölgan.
Oldinroq AQŞning şimoli-şarqida qor böroni tufayli favqulodda vaziyat e'lon qilingandi.












