AQŞning Oregon ştatida joylaşgan Tiller şahri sotuvga qöyildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.  

Umumiy maydoni 100 gektardan iborat şahar 3,5 mln dollarga sotilmoqda. Xaridor qöşimça 350 ming dollarga eski maktabni ham sotib olişi mumkin.

Tiller atrofida 250 ga yaqin odam yaşaydi. Şaharning özida uning egasi Garret Zoller oilasidan taşqari, yana ikki odam: sobiq öqituvçi va mahalliy çerkov pastori yaşaydi, ularga tegişli hududlar sotilmaydi.
 
Zollerning aytişiça, aholi şaharni yoğoç tayyorlaş miqdori kamaygani va tegirmon yopilgani sababli tark etgan.

Zollerning ta'kidlaşiça, u şahar sotilişi haqidagi taklifni xitoylik investorlardan tortib tibbiy muassasalar yaratişga qiziqiş bildirayotganlargaça yuborgan.