14 mart kuni AQŞning Şarqiy qirğoğiga “Stella” deya atalgan qor böroni yopirildi. Kuçli qor mamlakatning 13 ştatida kuzatildi hamda anomal issiq qişdan söng röy berdi: yanvar va fevral oylarida havo harorati 20 daraja issiqqaça kötarildi.

“Stella” mart oyida kuzatilgan eng kuçli qor böroni deb tan olindi. Nyu-York şahrida böron boşlanişidan biroz avval favqulodda holat e'lon qilindi, noqulay ob-havo vaqtida maktablar va aeroportlar yopildi. AQŞda hammasi bölib beş mingdan ortiq reyslar bekor qilingan.

Biroq böron mutaxassislar kutganidan ança kuçsizroq bölib çiqdi, ular 60 santimetrlik qor va kuçli şamolni va'da qilgandi. Mamlakat şarqidagi köplab şaharlar aholisi, jumladan Nyu-York, Boston va Filadelfiya fuqarolaridan böron tugaşiga qadar öz uylarida qoliş söraldi. Biroq hukumatning ogohlantirişi kişilarni köçalarga çiqiş hamda kutilmaganda qaytib kelgan qiş bağrida suratga tuşişdan töxtatib qola olmadi.

Nyu-York

@louis_jphotos1
@palisades2014
@ogg_steven
@maui_the_siberian_husky
@eric.m.chu
@edjmoya
@lucasaferrara
@brooklynmarriott

Filadelfiya

@oliviacooks
@exuberantrunning
@f_valvox81
@rruby710

 

@phillyphree
@jennaderenick

Boston

@tblawg
@maverick_the_swissy
@ptwny
@seaportbos
@teampositivelyhealthy