“Irrigatsiya-Ko’kalamzorlashtirish Qurilish” MÇJ rahbarining ATB “Özsanoatqurilişbank” Qatortol filiali rahbariyati xatti-harakatidan norozi bölib qilgan şikoyati Toşkent şahar adliya boşqarmasi Tadbirkorlik sub'yektlari va xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya qiliş bölimi tomonidan örganib çiqildi.

Örganişda ATB “Özsanoatqurilişbank” Qatortol filiali 2016 yil 25 martdagi kredit şartnomasiga asosan “Irrigatsiya-Ko’kalamzorlashtirish Qurilish” MÇJga 700 000 000 söm miqdorida kredit ajratib berganligi, kredit şartnomasining şartlariga asosan kreditning asosiy qarz summasi faqatgina naqd pul orqali qoplanişi kerakligi, aks holda bank jarima sifatida 10 % miqdorida daromadni undirib olişi belgilanganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan bank boşqaruvçisi hamda kredit bölimi boşliğiga nisbatan rasmiylaştirilgan ma'muriy huquqbuzarlik töğrisida bayonnomalar jinoyat işlari böyiça Çilonzor tuman sudi tomonidan körib çiqilib, ularning har biriga eng kam oylik iş haqining 20 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Bundan taşqari, Toşkent şahar adliya boşqarmasi tomonidan bankka kiritilgan taqdimnomaga asosan, bankning ikki nafar mansabdor şaxsi intizomiy javobgarlikka tortilib, noqonuniy tartibda undirilgan 70 000 000 söm miqdoridagi pul mablaği tadbirkorlik sub'yektining hisob-raqamiga qaytarildi.