Farğona viloyatining Buvayda tumani Nayman qişloği sönggi yillarda butunlay yangiça qiyofa kasb etdi. Ilgari naymanliklar faqat ziravor ekib, rözğor tebratgan bölsa, bugun dehqonçilikda nafaqat tuman, balki butun viloyatda ham maşhur, deb xabar beradi ÖzA agentligi.
Qişloq ahli tomorqaçilikda öziga xos maktab yaratgan. Har bir xonadon kiçkina tomorqasidan yiliga örtaça 20-50 million söm atrofida daromad olmoqda. Bahorgi ekin-tikin işlari boşlanguniga qadar naymanliklar qalampir, pomidor, baqlajon kabi ekinlarni yetkazib beriş böyiça 10 million donadan ortiq köçatga buyurtma olişdi.
– Tomorqamizdagi 10 sotixli issiqxonadan yiliga uç marta hosil olamiz, oilamizning yillik daromadi 45-50 million söm, – deydi 73 yoşli Akromjon ota Yoqubov. – Çol-kampir muborak haj safariga borib keldik, ikki öğlim nabiralarim bilan yangi qurilgan uylarda yaşaydi. Oilamiz ixtiyorida 3 “Neksia”, 1 “Damas” avtomaşinasi bor. 10 boşga yaqin qoramol, 50 ga yaqin naslli tovuq oilamizning sut-qatiq, tuxumga bölgan ehtiyojini töliq qoplaydi, ortganini bozorga çiqaramiz.
Mahallaning Zakovat köçasida istiqomat qiluvçi Abdusamat Egamnazarov tomorqasida 5 sotix issiqxona mavjud. Hozirgi kunda bu yerda yetiştirilgan bulğor qalampiri, pomidor köçatlari xaridorlarga muntazir. Xonadon sohibining aytişiça, oila bahorgi dehqonçilikdan 22-25 million söm daromad olişni rejalaştirmoqda.
Mahallada tadbirkorlar, xizmat körsatiş va servis şoxobçalari yildan-yilga ortib bormoqda, jinoyatçilikka deyarli barham berilgan.












