Ötgan haftada saudiyalik maşhur işbilarmon, valyuta ayirboşlaş kompaniyasining egasi Ahmad Said Al-Amudiy döstiga qop-qop pullarni körsatganidan keyin böğib öldirildi. Gulf News'da şu haqida xabar berildi. 

Qotil-döst, sönggi 16 yil davomida qirollikda yaşab kelgan Yaman fuqarosi marhum işbilarmon bilan beş yildan beri döstlaşib kelgan. 

Manbaga köra, 57 yoşli işbilarmon Al-Amudiy 53 yoşli yamanlik döstiga töliq işongan. 

Marhumning akasi politsiyaga qönğiroq qilib, ukasining yöqolgani haqida xabar berganidan söng tergov işlari boşlangan. 

Marhum işbilarmon qöşnisining kuzatuv kameralari Al-Amudiyning juma kuni Qizil dengizdagi villasini tark etib, keçroq boşqa bir kişi bilan qaytganini qayd etgan. 

Kamerada oq rangdagi an'anaviy kiyimdagi erkakning bir neça soatdan keyin villani tark etgani aks etgan. Uning qölida katta sumka bölgan va u bu yerni taksida tark etgan.

Keyinroq qotil öz qilmişiga iqror bölib, pullarni öz uyiga yaşirganini aytdi. 

Uning sözlariga köra, juma kuni ertalab işbilarmon dösti qönğiroq qilgan va körişişni söragan. Ular Radha dahasidagi masjid oldida körişişgan va Al-Amudiyning uyiga kelişgan. 

Işbilarmon katta miqdordagi Britaniya funtlari, Saudiya riallari va yevrolar joylangan bir neça qopni olib kelgan va qotil "dösti"dan ularni çamadonlarga böşatişga yordam berişni söragan. Bu pullar ular keyinçalik uçraşişi rejalaştirilgan kişilarga topşirilişi kerak bölgan.

Biroq 15 millionça Saudiya rialidan iborat naqd pullarni körgan yamanlik "döst"ning niyati buzilgan. U Al-Amudiyning qöllari va oyoqlarini boğlab, böğib öldiradi, jasadni katta sumkaga joylaydi.

Şundan söng qotil taksi çaqirib, uni villadan olib çiqib ketadi. Tergov qotilning hamtovoqlari bölgan yoki yöqligini aniqlaşga doir işlarini davom ettirmoqda. 

Al-Amudiy 14 mart, seşanba kuni dafn qilindi. Manbaga köra, dafn marosimiga juda katta olomon töplangan.