Jamiyat | 18:20 / 15.03.2017
157321
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 35 yoshli ayolni zo‘rlagani uchun 7-sinf o‘quvchisi jazoga tortildi

Nuz.uz xabariga ko‘ra, voqea 2015 yilning noyabr oyi oxirlarida Sergeli tumanining Sputnik 8 mavzesida ro‘y bergan. 14 va 17 yoshli o‘spirinlar 12-raqamli uy oldida kechki soat 10-00da uyga qaytayotgan 35 yoshli ayolning yo‘lini to‘sib, uni zo‘rlashgan va do‘pposlashgan.

Sergeli IIB xodimlari  qisqa vaqt ichida shubha ostiga olinganlarni qo‘lga olgan. Ulardan biri biznes va turizm kolleji talabasi, ikkinchisi bo‘lsa, bundan avval ham o‘g‘rilik va bosqinchilik kabi jinoyatlarda ayblangan o‘rta maktabning 7-sinf o‘quvchisi ekani aniqlangan.

«Bu bolaning oilasi notinch. U maktabga deyarli qatnamagan, doimiy ravishda o‘g‘rilik jinoyatlari ishtirokchisiga aylangan.Biroq u bir marta ma'lum turar-joyga ega bo‘lmagan kishini ayovsiz do‘pposlagan», - deya aytib o‘tdi Sergeli IIBning voyaga yetmaganlar ishi bo‘yicha inspektori.

Zo‘rlash holati bo‘yicha ayblangan har ikki o‘spirin hozirda jazoga tortilgan. Ma'lumotlarda aytilishicha, 2016 yilda tergov yakunlangan  hamda sud muhokamalari davomida zo‘ravonlardan biri 18 yoshga to‘lganidan keyin umumiy tartibdagi jazoni o‘tash koloniyasiga jo‘natilgan.Balog‘atga yetmagan ikkinchi o‘smir esa bolalar koloniyasida 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi belgilangan.

Mavzuga oid