Moliyaviy tahlillar va yangiliklarga ixtisoslaşgan Bloomberg agentligi iqtisodçi, yurist, yozuvçi va tadbirkor Maykl Şumanning Oq uy ma'muriyati iqtisodiy siyosatiga doir fikrlarini e'lon qildi. 

Unga köra, Barak Obama prezidentligining sönggi kunlarida, uning huzuridagi maslahat kengaşlaridan biri yangi ma'muriyat uçun hisobot tayyorlab, Xitoy yarim ötkazgiçlar bozorida yetakçilikni qölga kiritmoqçi ekanidan ogohlantirgan. Öşa tavsiyaga muvofiq, «Pekin ma'muriyati taraqqiyotning yuqori sur'atlari hisobiga poygada ğolib böliş»ni rejalagan. 

Bu aslida yaxşi maslahat edi. Ammo, yangi ma'muriyat bu tavsiyaga e'tibor bermadi. Donald Tramp siyosati esa, göyoki, Xitoyga raqobatçilikda yutqazişga qaratilgandek tasavvur uyğotmoqda. Körinişidan, Tramp jamoasi Xitoyning Amerika iqtisodiyotiga qançalik tahdidli ekanini yaxşi anglamayotgan körinadi. Buyuk Şarq mamlakati robotlardan tortib tibbiy asbob-uskunalar kabi yuqori texnologiyalarga katta mablağ kiritmoqda. 

Masalan, davlat yarim ötkazgiçlar işlab çiqaruvçi zavodini barpo qiliş uçun 150 mlrd dollar mablağ ajratdi. YeIning Xitoydagi Savdo palatasiga köra, XXR öz maqsadiga yetiş uçun keng qamrovli çoralarni körmoqda: bu iqtisodiyotning ayrim sektorlariga subsidiyalar hamda xorijiy kompaniyalarning texnologiyalarini özlaştirişdir. 

AQŞ uçun bu holatda yagona imkoniyat — raqibining öziga yetib olişiga imkon bermasligidir. Lekin, Tramp muvofiqlaştiriş va soliqlarni kamaytiriş bilan raqobatbardoşlikni oşiriş haqida öylamoqda. Töğri, soliqlarni kamaytiriş tufayli biznes ixtiyorida tadqiqotlar uçun katta mablağ qolsa-da, bu yetarli emas. 

Amerika innovatsion korxonalarga köproq yordam berişi kerak. Tramp bu borada ham aksini qilmoqda. Amerika yuqori texnologiyalar sohasining muvaffaqiyatlaridan biri – butun dunyodan kelgan iqtidorli muhojirlardir. Tramp esa H-1B işçi vizalarini berişni sekinlaştirdi, şu bilan olimlar va muhandislarning oqimini qisqartirdi. Agar Tramp şu yöl bilan amerikaliklar uçun iş örinlarini saqlab qolişni öylayotgan bölsa, xato qiladi. Çunki, bu sohadagi işsizlar soni atigi 2,5 foizni taşkil etadi.