Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Basketbolchi adashishi kerak bo‘lgan joyda hammasini to‘g‘ri bajarib qo‘ydi
Amerikaning «San-Antonio Spyors» basketbol klubi o‘yinchisi Manu Jinobili «Portlend Treyl Bleyzers»ga qarshi kechgan uchrashuv yakunida ikkita xatoga yo‘l qo‘ydi. Bu haqda UPROXX xabar bermoqda.
«Spyors» bellashuv yakunlanishiga ikki yarim soniya qolganida 105:108 hisobida ortda borayotgandi. Jamoa ikkita jarimani amalga oshirish imkoniyatini qo‘lga kiritdi, ular aniq bajarilganda bir ochkodan berilardi. Biroq Jinobili birinchi imkoniyatdan unumli foydalana olmadi.
Ikkinchi urinishda esa Jinobili jamoasi to‘pni egallab, uch ochkolik harakatni amalga oshirishi uchun atayin adashishga harakat qildi. Biroq hammasi yana kutilmagan natijani olib keldi.
Yakunda «Spyors» 106:110 hisobida mag‘lub bo‘ldi, Jinobilining xatti-harakati esa jamoasidagi sheriklari hafsalasini pir qildi.
Mavzuga oid
21:50 / 10.06.2026
Eronning yadro bombasi yaratish imkoniyati qanday?
09:59 / 10.06.2026
«Apache» vertolyotini Eron droni urib tushirgani ma’lum bo‘ldi. AQSh va Eron yana zarbalar almashdi
09:30 / 10.06.2026
«Artemida-3» uchun astronavtlar tanlandi
09:15 / 10.06.2026