New York Times naşri, şaxsini oçiqlamaslik şarti bilan gapirgan AQŞning ikki rasmiysiga tayanib ma’lum qilişiça, Tramp ma’muriyati çorşanba kuni saudiyaliklar bilan kelişuvni rasman imzolaşni va e’lon qilişni rejalaştirmoqda.

Kelişuvning tafsilotlari tez orada Kongressga ham taqdim etiladi. Naşrga köra, uşbu kelişuv Qirollikka yadroviy reaktorlar uçun öz yoqilğisini boyitiş imkonini berişi mumkin.

Bitim Eron bilan uruş munosabatlarni taranglaştirayotgan bir paytda Qöşma Ştatlarni Saudiya hukumati bilan yanada mustahkamroq boğlaşga qaratilgan. Rasmiylarga köra, Tramp ma’muriyati uşbu kelişuv AQŞ yadro sanoatiga milliardlab dollar daromad keltirişini taxmin qilmoqda.

Bitim tafsilotlari

Donald Tramp va MBS ötgan yili noyabrda Oq uydagi uçraşuvda AQŞ-Saudiya fuqarolik yadro hamkorligini davom ettirişga kelişib olgandi. Öşandan beri AQŞ va Saudiya rasmiylari rejani muhokama qilmoqda.

Bitim saudiyaliklar bilan erişilgan ikkita maxfiy qöşimça xatni öz içiga oladi. Ma’muriyat ularda maxfiy tijorat ma’lumotlari mavjudligini va nozik milliy xavfsizlik masalalariga daxldorligini ta’kidlaşi kutilmoqda. Ammo Kongressning ayrim a’zolari uşbu xatlar töliq oşkor qilinmagunça bitim uçun ovoz bermasligi mumkin.

Tramp ma’muriyati Saudiya Arabistoni bilan erişgan kelişuv turi «1 2 3 Kelişuv» deb ataladi. U davlatlar örtasida yadroviy hamkorlik böyiça yuridik majburiy bazani belgilaydi. Bunday kelişuv majburiyatlari yadro qurolining tarqalmasligini ta’minlaşga qaratilgan.

NYT'ning yozişiça Tramp qirollikning de-fakto rahbari, valiahd şahzoda Muhammad bin Salmon bilan kelişuvga erişiş uçun xalqaro inspektorlarning har qanday ob’yektlarga borişini çeklaşga doir şartlarga rozi bölgan. Bunday inspektorlar esa yoqilğini qurol loyihalariga yönaltiriş yöli bölişi mumkin, deb hisoblagan ob’yektlarni tekşiradi.