Fransiyaning Gras şahridagi maktabda otişma röy berdi, deb xabar qilmoqda BFM TV.
Kamida bir neça kişi jarohat olgan. Ta'kidlanişiça, otişma öquvçilardan biri tomonidan amalga oşirilgan. U ikkita töpponça va ov miltiği bilan qurollangan bölgan.
Fransiya hukumati terrorçilik xavfi haqida e'lon qildi, deb ma'lum qilmoqda The Local. Bu haqdagi axborot aholi mobil qurilmalariga yuborilgan. Xabarlarga köra, Grasdagi barça maktablar yopib qöyilgan.
Şu bilan birga, hukumatning aniqlik kiritişiça, terrorçilik xavfi e'lon qilinganiga qaramay, maktabdagi otişma terakt emas.
Ma'lumotlarga köra, bir öquvçi qölga olingan, yana bir kişi voqea joyidan yaşiringan.












