Yangi Zelandiyadagi Uonganui daryosi dunyodagi inson huquqlarini olgan ilk daryoga aylandi, deb xabar bermoqda Guardian gazetasi.

Uonganuilik mahalliy maori qabilasi daryoning özining ajdodi deb hisoblaydi va uni tirik jonzot deb tan olişlari uçun 140 yil davomida kuraşib keldi.

Yangi Zelandiya parlamenti tomonidan qabul qilingan yangi qonunda Uonganuiga yetkazilgan zarar qabilaga yetkazilgan zararga tenglaştirildi. Bundan taşqari, daryo ikkita vasiyga ega böldi: mamlakat hukumati va qabila.

Yangi Zelandiyada daryoga inson huquqlarini beriş böyiça sud jarayoni mamlakat tarixidagi eng uzun jarayonga aylandi, deb xabar qiladi Guardian. Naşrning yozişiça, endilikda boşqa mahalliy qabilalar ham ular uçun muqaddas bölgan tabiiy obektlarni tirik jonzotlarga tenglaştirişlarini talab qilişlari mumkin.