15 mart kuni Niderlandiyada bölib ötayotgan parlament saylovlari - diqqat markazida Yevropa bölgan "uluğ jang"ning boşlanişi bölişi mumkin. El País'da şunday xabar berildi. 

Niderlandiya parlamentidagi 150 örin uçun asosiy kuraş mamlakatning amaldagi boş vaziri Mark Ryuttening "Ozodlik va demokratiya xalq partiyasi" va yagona Yevropa, immigratsiya hamda islomga qarşi Gert Vildersning "Ozodlik partiyasi" örtasida keçadi. 

Naşrda ta'kidlanişiça, dunyo taşvişlaridan yiroq bu kiçik mamlakat aholisi "populist-ksenofob" Vilders ketidan xalqaro kölamdagi fitnalar orasida qolişdan qörqadi. Bundan taşqari, hollandlar ovozlarni hisoblovçi elektron dasturlariga Rossiyaning aralaşuvi, şuningdek Trampga yaqin kişilarning Vildersni moliyalaştirgani haqidagi xabarlardan xavotirdalar, deyiladi maqolada. 

Gert Vilders 24 soat davomida qöriqlanadi va unga suiqasd uyuştirişlaridan qörqib, muntazam ravişda yaşaş joyini özgartiradi. "Ozodlik partiyasi" yetakçisi radikal qaraşlar tarafdoridir. U mamlakatni "islomdan tozalaş"ga va'da bermoqda, yaqinda esa Niderlandiyadagi marokaşliklarni "jinoyatçilar" deb atadi. Vilders öz mamlakatini yevrohududdan olib çiqib ketmoqçi ekanini töğridan-töğri ma'lum qilgan. 

Niderlandiyada ovozlarni qölda hisoblaşga qaror qilindi. Hukumatning bunday yöl tutişiga kamida 100 nafar mahalliy amaldorning elektron poçtasini buzib kirişga bölgan urinişlar hamda razvedka xizmatlarining Rossiya saylovlar natijasiga ta'sir ötkazişdan manfaatdor ekanligiga oid gumonlari sabab böldi. 

Bundan taşqari, Niderlandiya razvedkasiga köra, Xitoy va Eron tomonidan amalga oşirilgan kiberhujumlar qayd etilgan, ularning ham iqtisodiy va siyosiy josuslikdan manfaatdorligi taxmin qilingan. 

Niderlandiya xavfsizlik tizimlari ustida iş olib borgan Ronald Pris bu mamlakatga uyuştirilgan hujum - şunçaki Fransiya va Germaniyadagi saylovlardan oldingi "maşq" ekanini aytgan. 

"Diqqat markazida Yevropa bölgan uluğ jang boşlanişiga oz qoldi", - deb yoziladi El País'da.