2017 yil maişiy texnika işlab çiqaruvçi Artel kompaniyasi uçun muvaffaqiyatli natijalar bilan boşlandi.
2017 yilning 20 yanvar kuni Artel kompaniyasi Yevropadagi mahsulotlarni sertifikatlaş böyiça eng yaxşi kompaniyalardan biri TUV NORD’ning CE Certificate of Conformity sertifikatini kölga kiritdi. Artel kompaniyasi tomonidan bu maqsadga erişiş uçun işlab çiqarilayotgan mahsulot sifati va xavfsizligini yaxşilaş böyiça juda katta iş amalga oşirildi. Uşbu sertifikat mahsulotlarning Yevropa ittifoqi körsatmalari, şuningdek sifat va xavfsizlik böyiça EN 60065:2015 va EN 55032:2015 Yevropa standartlari talablariga mosligini tasdiqlaydi.

Buning uçun Artel televizorlari Yevropa elektr qurilmalarni sinovdan ötkaziş markazi tajriba laboratoriyasiga, mahsulotning Yevropa standartlariga mos kelişini tasdiqlovçi bir qança sinovlardan ötkaziş uçun yuborildi. Tajribalar muvaffaqiyatli ötkazilgaç, Artel televizorlarining Yagona Yevropa standartlari böyiça xavfsizlik va sifatga mos kelişini tasdiqlovçi sertifikat berildi.
Bundan taşqari, EAC bojxona ittifoqining muvofiqlik sertifikati ham olindi, u Artel mahsuloti sifatining yuqori darajasi, şuningdek davlat standartlarining barça talab tavsifi va normalariga mos kelişini tasdiqlaydi.

Artel kompaniyasi maişiy texnika işlab çiqarişni Yevropa darajasiga olib çiqib, mamlakatning xalqaro arenadagi imidjining yuksalişiga katta hissa qöşmoqda. Şuni mamnuniyat bilan ta'kidlaş joizki, biz Özbekistonda sifatli va işonçli hamda Yevropadagi nusxalardan sifat va xavfsizlik böyiça ortda qolmaydigan mahsulotlarni işlab çiqariş imkoniga egamiz. Albatta, bu Artel kompaniyasi uçun mahalliy maişiy texnika işlab çiqaruvçisi sifatida juda katta yutuq. Bundan taşqari, Yevropa sifatiga mos keluvçi tovarlarni işlab çiqariş boşqa mamlakatlarga eksport uçun yaxşi imkoniyatlarni oçadi hamda bu mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanişiga ijobiy ta'sir körsatadi.
Reklama huquqi asosida.












