Yevropa Ittifoqi Facebook, Google va Twitter kompaniyalariga öz xizmatlarini Yevropaning iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş qonunçiligiga mos holga keltiriş uçun bir oy muhlat berdi. Aks holda kompaniyalar jarimaga tortiladi, deb xabar bermoqda vaziyatdan xabardor bölgan manbaga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.   

Axborot agentligi ma'lumotlariga köra, 2016 yil dekabrda YeI hukumati uşbu kompaniyalarga ular körsatayotgan xizmatlarning ba'zi şartlari Yevropaning iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş qonunçiligiga zid kelişi haqida ogohlantiriş yuborgan.

Misol uçun, YeI foydalanuvçilar uşbu ijtimoiy tarmoqlar bilan yuzaga kelgan biror masala yuzasidan öz davlatlaridagi sudlarga murojaat qila olmay, bu maqsadda bu kompaniyalar ofislari joylaşgan Kaliforniyaga borişga majbur ekanliklarini tanqid ostiga olgan.

Şuningdek, YeIda ijtimoiy tarmoqlar homiylik kontentini aniq belgilamasliklari va foydalanuvçilardan şartnomani bekor qiliş kabi huquqlaridan voz keçişni talab qilişlariga qarşi çiqildi. Bundan taşqari, kompaniyalarning öz nuqtai nazaridan kelib çiqib, foydalanuvçilar tomondan yaratilgan kontentning yaroqlilik darajasini hal qilişi ham tanqid qilingan.  Google bilan boğliq holda uning Google+ ijtimoiy tarmoği xavotir uyğotgan. Kompaniyalarning özlari hozirça bu tanqidlarga izoh bermaganlar. 

Ma'lumotlara köra, kompaniyalar vakillari uşbu muammolarni hal qilişning ba'zi yöllarini taklif qilişgan va Yevropa hukumati bilan buni 16 mart kuni muhokama qilişgan.  

Axborot agentligining ta'kidlaşiça, Yevrokomissiya yuqoridagi çoralarni qöllab-quvvatlamoqda va agar talablar bajarilmasa, jarima solişi mumkin.