Andijon viloyati, Marhamat tumanida ötkazilayotgan “Profilaktika kuni” tadbirlarida tuman hokimligi, IIB, prokuratura, mahalla, “Kamolot” YoIH, DSI, nuroniylar, imom xatiblar, ta'lim muassasalari va boşqa hamkor taşkilotlar vakillaridan tuzilgan 22 ta guruh iş olib bormoqda. Haftaning har payşanba kuni taşkil etilayotgan tadbir jarayoni tuman hokimligining majlislar zalidagi yöriqnomadan boşlanadi. Bu haqda Marhamat tuman IIB HOOB guruhi katta inspektori Uluğbek Töhtaşev Kun.uz’ga xabar bermoqda.
16 mart kuni ötkazilgan rejalaştiriş majlisida tuman hokimi X. Sultonov, tuman içki işlar bölimi boşliği M. Nişanov hamda tuman prokurori M. Ahmadjonovlar tomonidan barça hudud va mahallalarda iş olib boruvçi guruh a'zolariga tegişli körsatma va topşiriqlar berildi.
Marhamat quriliş va industriya kasb-hunar kollejida bölib ötgan yiğilişda tuman mutasaddilari 6 nafar muntazam darslarga qatnaşmayotgan öquvçi va ularning ota-onalari bilan suhbat ötkazdilar. Guruhlar tomonidan ta'lim muassasalari va mahallalarda aholi bilan firibgarlik, öğirlik, oğir tan jarohati yetkaziş kabi jinoyatlarni oldini oliş böyiça profilaktik tadbirlar amalga oşirildi.

Tadbir davomida 1052 ta xonadonda muloqotlar, 1387 nafar fuqarolar bilan profilaktik suhbat ötkazildi. 52 nafar uzoq muddatga ketganlar, 26 nafar uzoq muddatdan kelganlar aniqlandi, huquqbuzarlik sodir etgan 31 nafar fuqarolarga, şuningdek, yöl harakati xavfsizligini ta'minlaş yuzasidan olib borilgan tadbirlarda 24 nafar qoidabuzar haydovçiga ma'muriy bayonnoma tuzildi.




















