«Mançester Yunayted» boş murabbiyi Joze Mourino Yevropa ligasi 1/8 finalining javob öyinidan oldin «Rostov» boş murabbiyiga sovğa berdi. Portugaliyalik mutaxassis mehmonlar kiyim almaştiriş xonasiga qora qutida sovğa olib kelgan, biroq uning içida nima borligi ma'lum qilinmadi. 

«Rostovda men ajoyib sovğa olgandim, şu sababli bunga javob berişim kerak edi. Biz u bilan tanişmiz, çunki «Inter»da uning «Rubin»i bilan töqnaş kelgan kelganman. U biroz kamgap bölsa-da, juda yoqimli va xuşmuomala inson», – dedi Mourino BT Sport'ga bergan intervyusida.

Britaniya OAV sovğa «Rostov» boş murabbiyi Ivan Danilyantsga atalgan deb xabar berayotgan bölsa-da, Mourinoning sözlaridan u Qurbon Berdiyev uçun ekanini taxmin qiliş mumkin.