Norveg dengizi Stadxavet qadimdan kemalar qatnovi uçun eng xavfli hududlardan hisoblangan. Öz davrida vikinglar bu xavfli suvlardan suzib ötmaslik uçun uni aylanib ötişni yoki öz qayiqlarini quruqlik orqali olib ötişni afzal körganlar. Stadxavet dengizida yiliga kamida 100 kun böronlar hukm suradi va u köplab kemalalar va ularning jamoalariga katta xavf soladi. Bu dengizga tuşmaslikka imkon beradigan, kemaçilikda ilk tunnel quriş ğoyasi 20-asrning 70-yillaridayoq paydo bölgan, biroq buni amalga oşiriş mumkin bölgan texnologik darajaga endigina erişildi.
Tunnel Stad Ship Tunnel deb nomlandi va u har kuni Stadxavet dengizi orqali 70-120 kemaga xavfsiz keçiş imkonini beradi. Tunnel loyihasini yaratişni boşlaşga Snohetta arxitektura kompaniyasi jalb etildi va uning rassom va dizaynerlari loyihaning dastlabki narxi va tunnel qanday körinişga ega bölişini namoyiş qiluvçi bir neçta suratlar yaratişdi.
Tunnelning şimoliy qiriş qismi Sele şahri, janubiy kiriş qismi esa Molde şahri yaqinida joylaşadi. Tunnelning janubiy qismida köprik quriladi va barça xohlovçilar undan tunnelga kirayotgan va undan çiqayotgan kemalarni tomoşa qilişlari mumkin böladi. Xaritada tunnel sariq çiziq bilan belgilangan, uzuq çiziqlar bilan esa kemalar hozirda suzib ötadigan yönalişlar belgilangan.
Norvegiya parlamenti tunnel qurilişini boşlaş uçun bir milliard norveg kroni (118 mln dollar) ajratdi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga köra, qurilişning umumiy byudjyeti 2,3 milliard norveg kronini (272 mln dollar) taşkil qiladi. Agar loyiha mualliflari belgilangan muddatda tunnelni barpo eta olsalar, unda Norvegiya tez orada katta diqqatga sazovor joyga ega böladi. Quriliş rahbari Tere Andrissenning aytişiça, tunnel loyihasi insonning tabiatga qöpol aralaşuvi bölmaydi. U maksimal çiroyli körinişga ega böladi va atrof landşaft bilan uyğunlaşib ketadi.
Andrissenning aytişiça, tunnel qurilişi 2019 yilda boşlanadi.
















