Rossiyada 2018 yilgi prezidentlik saylovlari agar Rossiya mehnat vazirligining dam oliş kunlarini köçiriş loyihasi qöllab-quvvatlansa, keyingi yilning 4 yoki 18 mart kunlari ötişi mumkin. Bu haqda Rossiya Markaziy saylov komissiyasi kotibi Mayya Grişina ma'lum qildi.
Saylovlar ötadigan aniq sana qonunçilikka taklif qilinadigan özgartirişlar Davlat dumasi tomonidan qanday qabul qilinişiga boğliq böladi.
Avvalroq mehnat vazirligi dam oliş kunlarining köçirilişi haqidagi loyihani tayyorlagani ma'lum qilingandi. Unga köra, rossiyaliklar 2018 yilda 8-11 mart kunlari dam olişlari rejalaştirilgan.
Amaldagi qonunçilikka köra, Rossiya prezidenti saylovlari mart oyining ikkinçi yakşanbasida ötkaziladi. Bunga muvofiq, 2018 yildagi bu sana 11 mart kuniga töğri kelmoqda. Qonunga köra, agar mart oyining ikkinçi yakşanbasi 8 mart bayrami va yakşanba kuni mos kelgan, yoxud bayramdan keyingi yoki bayram köçirilişi tufayli işçi kuni bölsa, ovoz beriş birinçi yakşanbaga köçiriladi, ya'ni bu 2018 yil 4 mart kuniga töğri keladi.
Şu bilan birga Davlat dumasiga kiritilgan özgartirişlarda ovoz beriş kunini mart oyining 3-yakşanbasiga köçiriş taklif qilingan. Agar bu özgartirişlar qabul qilinsa, saylov kuni Qrimning Rossiya tarkibiga kirgan kuni – 18 martga töğri keladi.
Şu tariqa, yuqorida aytilgandek, prezidentlik saylovlari yo 4 mart, yoki 18 mart kuni ötkazilişi mumkin.












