Facebook'dagi "Maslahatim" guruhida öqituvçining öz öquvçilarini qöpollik bilan haqoratlab, qöl kötargani tasvirlagan video joylaştirildi. 

Ma'lum bölişiça, bu holat Farğonadagi 10-maktabning 3-sinfida sodir bölgan. Hozirda bu öqituvçining işdan böşatilgani haqida ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari xabar bermoqda. 

Guruhning köplab a'zolari bu holatni körib, öz fikrlarini qoldirişgan. 

Jon Jackovich: "Öqituvçi nima bölişidan qat'iy nazar özini tuta bilişi kerak. Bunaqa kuç işlatiş qaysi Ped. institutda örgatilar ekan? Jismoniy kuç işlatişni özidayoq işdan olib, jinoiy javobgarlikka, rahbariyatni esa ma'muriy javobgarlikka tortiş kerak.

Odil Rözaliyev: "Afsus. Bizning paytimizda ham öqituvçilar sökardi öquvçilarni, lekin bunaqa darajada bölmasdi menimça. Smartfonlar bölmagan ekan u paytda, taqqoslaş uçun".